Muddat: gacha: 18:00 04.12.2026 y.
Format: pdf
Thales payShield 10K HSM qurilmalarini xarid qilish bo‘yicha tanlov
“Poytaxt Bank” AJ o‘z ehtiyojlari uchun Thales payShield 10K apparat kriptografik xavfsizlik modullari (HSM) va SmartCard Pack to‘plamlarini xarid qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda xarid hujjatlarida belgilangan talablarga javob beruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovning asosiy shartlari
| Xarid predmeti | Thales payShield 10K HSM |
| Miqdori | 2 ta to‘plam |
| Boshlang‘ich umumiy qiymati (QQS bilan) | 1 164 371 033,33 so‘m |
| Boshlang‘ich umumiy qiymati (QQSsiz) | 1 039 616 993,15 so‘m |
| Takliflarni taqdim etish tartibi | Yopiq konvertda, bank Bosh ofisiga |
| Takliflarni qabul qilishning oxirgi muddati | 2026-yil 4-dekabr, soat 18:00 |
Komplektatsiya va xizmatlar
Komplektatsiya: PS10-S Standard Build, PS10-PRM-L Premium Package, 25 CPS, Enhanced Support Certificate (1 yil), PS10-CARD6PK HSM SmartCard Pack.
Xarid doirasidagi xizmatlar: Qurilmalarni yetkazib berish, o‘rnatish, elektr va LAN tarmoqlariga ulash, konfiguratsiya hamda xavfsizlik sozlamalarini amalga oshirish, LMK komponentlarini generatsiya qilish, bank xodimlariga yo‘riqnoma berish va 1 yil davomida texnik xizmat hamda texnik qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatish.
Ishtirok etish tartibi
Ishtirokchilar tanlov takliflari va ularga ilova qilinadigan hujjatlarni belgilangan muddatga qadar yopiq konvertda taqdim etishlari lozim. Malaka talablari, to‘lov shartlari, takliflarni rasmiylashtirish va baholash tartibi xarid hujjatlarida belgilangan.
Xarid hujjatlari va tanlovga oid qo‘shimcha ma’lumotlar bankning ichki tartibiga muvofiq tanlov ishtirokchilariga taqdim etiladi.
Murojaat uchun
Mas’ul shaxs: Akbarov Jasurbek — “Poytaxt Bank” AJ Loyiha ofisi rahbari.
Manzil: 100063, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 55-uy (“Poytaxt Bank” AJ Bosh ofisi).
Telefon: +998 71 214-20-00 (ichki 2900), +998 99 030-80-41.
Elektron pochta: info@poytaxtbank.uz.







