Muddat: gacha: 18:00 04.12.2026 y.
Format: pdf
Thales ProtectServer External 3 HSM qurilmalarini xarid qilish bo‘yicha tanlov
“Poytaxt Bank” AJ o‘z ehtiyojlari uchun Thales ProtectServer External 3 apparat kriptografik himoya modullarini (HSM) xarid qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda xarid hujjatlarida belgilangan talablarga javob beruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovning asosiy shartlari
| Xarid predmeti | Thales ProtectServer External 3 HSM |
| Miqdori | 2 ta to‘plam |
| Boshlang‘ich umumiy qiymati (QQS bilan) | 569 726 773,33 so‘m |
| Boshlang‘ich umumiy qiymati (QQSsiz) | 508 684 619,04 so‘m |
| Takliflarni taqdim etish tartibi | Yopiq konvertda, bank Bosh ofisiga |
| Takliflarni qabul qilishning oxirgi muddati | 2026-yil 4-dekabr, soat 18:00 |
Komplektatsiya va xizmatlar
Komplektatsiya: Toolkit PTK V7.1.0, PL25, Firmware V7.01.01.
Xarid doirasidagi xizmatlar: Qurilmalarni yetkazib berish, o‘rnatish, elektr va LAN tarmoqlariga ulash, dastlabki konfiguratsiya va xavfsizlik sozlamalarini amalga oshirish, kriptografik kalitlarni boshqarish, tizim bilan integratsiya qilish, bank xodimlariga yo‘riqnoma berish va 1 yil davomida kengaytirilgan texnik xizmat hamda qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatish.
Ishtirok etish tartibi
Ishtirokchilar tanlov takliflari va ularga ilova qilinadigan hujjatlarni belgilangan muddatga qadar yopiq konvertda taqdim etishlari lozim. Malaka talablari, to‘lov shartlari, takliflarni rasmiylashtirish va baholash tartibi xarid hujjatlarida belgilangan.
Xarid hujjatlari va tanlovga oid qo‘shimcha ma’lumotlar bankning ichki tartibiga muvofiq tanlov ishtirokchilariga taqdim etiladi.
Murojaat uchun
Mas’ul shaxs: Akbarov Jasurbek — “Poytaxt Bank” AJ Loyiha ofisi rahbari.
Manzil: 100063, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 55-uy (“Poytaxt Bank” AJ Bosh ofisi).
Telefon: +998 71 214-20-00 (ichki 2900), +998 99 030-80-41.
Elektron pochta: info@poytaxtbank.uz.







