
Poytaxt Bank’ning kreditga layoqatliligi va ishonchliligi yuqori baholandi!
Standard and Sensitive Ratings (SNS Ratings) reyting agentligi “Poytaxt Bank” AJga (uz) AA− darajasidagi kreditga layoqatlilik va ishonchlilik reytingini berdi. Reyting prognozi — «barqaror».
Ushbu baho nimani anglatadi?
Agentlik xulosasiga ko‘ra, bankning likvidlilik darajasi, mustahkam kapital bazasi va moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish salohiyati uning moliyaviy barqarorligini qo‘llab-quvvatlovchi muhim omillardir.
Bank faoliyatini yanada rivojlantirishda operatsion samaradorlikni oshirish, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va kredit portfeli sifatini nazorat qilish ustuvor yo‘nalishlar bo‘lib qoladi.
"Poytaxt Bank" — barqaror rivojlanish va mijozlar ishonchi sari!
Reyting ma’lumotlari — SNS Ratings









