Firibgarlardan ogoh bo‘ling!

So‘nggi paytlarda telefon orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlari ko‘paymoqda. Firibgarlar o‘zlarini bank xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolardan plastik karta raqami, amal qilish muddati, SMS orqali kelgan tasdiqlash kodi yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlarni so‘rashlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz: bank xodimlari telefon orqali hech qachon karta raqami, PIN-kod, SMS tasdiqlash kodi yoki boshqa maxfiy ma’lumotlarni so‘ramaydi. Bu ma’lumotlar faqat sizga tegishli bo‘lib, ularni begona shaxslarga berish mablag‘laringiz yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.

Agar sizga shunday qo‘ng‘iroq bo‘lsa:
• shaxsiy ma’lumotlaringizni aytmang;
• suhbatni darhol yakunlang;
• zarurat bo‘lsa, bankning rasmiy aloqa markaziga murojaat qiling.

❗️Unutmang: shaxsiy va bank ma’lumotlaringizni himoya qilish — mablag‘laringiz xavfsizligining eng muhim kafolatidir.
Shubhali qo‘ng‘iroqlar yoki holatlar yuzaga kelganda darhol tegishli organlarga xabar bering.