TANLOV E’LONI

“POYTAXT BANK” AJ bank ehtiyojlari uchun “STYX Key Management System (KMS/CA/AS) dasturiy majmuasi litsenziyasini xarid qilish, yetkazib berish, joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati” bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Buyurtmachi: “POYTAXT BANK” AJ.
Xarid usuli: tanlov.

Xarid predmeti: mavjud RAA/RAU tasdiqlovchi markazi (Windows platformasi) o‘rniga Linux platformasida ishlaydigan STYX Key Management System (KMS/CA/AS) dasturiy majmuasining yangi versiyasi litsenziyasini taqdim etish, yetkazib berish va joriy etish, shu jumladan Styx Metin Mobile SDK, Styx Archive Module, StyxClient/STYX Token Manager Universal komponentlarini o‘rnatish, shuningdek 12 oy davomida texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatini ko‘rsatish.

Xarid hajmi: 1 (bir) to‘plam.

Xaridning boshlang‘ich (maksimal) qiymati:

QQS bilan — 736 586 666,67 so‘m;
QQSsiz — 657 666 666,67 so‘m.

Moliyalashtirish manbai: “POYTAXT BANK” AJning o‘z mablag‘lari.

Yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish shartlari: litsenziyani yetkazib berish, dasturiy majmuani joriy etish va sinovdan o‘tkazish shartnoma imzolangan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kalendar kun ichida “POYTAXT BANK” AJning mavjud infratuzilmasida amalga oshiriladi. Texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan kundan boshlab 12 (o‘n ikki) oy davomida ko‘rsatiladi.

Tanlov ishtirokchilari xarid hujjatlarida belgilangan malakaviy, texnik va boshqa talablarga javob berishi hamda talab etilgan hujjatlarni to‘liq taqdim etishi lozim. Ishtirokchilar STYX dasturiy majmuasi ishlab chiqaruvchisining avtorizatsiyasiga ega bo‘lishi, tegishli mutaxassislari sertifikatlangan bo‘lishi hamda O‘zbekiston Respublikasida servis markaziga ega bo‘lishi talab etiladi.

Tanlov takliflarini taqdim etish usuli: yopiq va muhrlangan konvertda.

Takliflarni taqdim etish manzili:
100063, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 55-uy, “POYTAXT BANK” AJ Bosh ofisi.

Tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati:
2026-yil 8-oktabr, soat 17:00 gacha.

Belgilangan muddatdan keyin kelib tushgan tanlov takliflari ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlov takliflarini ochish sanasi va vaqti:
2026-yil 9-oktabr, soat 11:00.

Takliflarni ochish joyi: “POYTAXT BANK” AJ Bosh ofisi, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 55-uy.

Xarid hujjatlarini olish tartibi: xarid hujjatlari “POYTAXT BANK” AJning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi hamda manfaatdor potensial ishtirokchilarga so‘rov asosida elektron shaklda taqdim etiladi.

Mas’ul shaxs: Ulug‘bek Davlatxanov — bo‘lim boshlig‘i
Tel.: (+998 71) 214-20-03, (+998 71) 214-20-00, (+998 93) 588-85-51
Elektron pochta: info@poytaxtbank.uz, dbiz@poytaxtbank.uz

Tanlov bo‘yicha batafsil talablar, takliflarni tayyorlash va taqdim etish tartibi, malakaviy va texnik talablar, baholash mezonlari, texnik topshiriq hamda shartnoma loyihasi xarid hujjatlarida belgilanadi.

“POYTAXT BANK” AJ