25 Avg 2026
Joriy yilning 27-avgust kuni soat 10:00 dan 13:00 ga qadar "Poytaxt Bank" Boshqaruv Raisi o‘rinbosari A.Xodjakulov ishtirokida aholi va tadbirkorlar bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.
Ushbu sayyor qabul doirasida aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, takliflari hamda mavjud muammolari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar belgilab olinadi.
Barcha fuqarolar va tadbirkorlarni ushbu uchrashuvda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko‘chasi, 31B-uy.









