Kredit haqida
Kredit maqsadi |
Birlamchi bozordan yoki ularni realizatsiya qiluvchi rasmiy dilerlaridan yuksiz vazni - 5 tonnagacha bo‘lgan Ml (yo‘lovchilani tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari), - М2 (yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq, eng katta vazni 5 tonnadan ortiq bo‘lmagan avtotransport vositalari) hamda - N1 (yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan avtotransport vositalari), - N2 (yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 tonnadan ortiq, lekin 5 tonnadan oshmaydigan avtotransport vositalari) toifadagi yo‘lovchi va yuk tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalarini sotib olish uchun ajratiladi (yuk avtotransport vositalari, maxsus va qurilish hamda qishloq xoʻjaligi texnikalari). |
Kredit summasi | Oldi-sotdi shartnoma summasidan kelib chiqqan holda |
Kredit muddati | 36 oy muddatgacha |
Foiz stavkasi | Yillik 27.99% dan |
Imtiyozli davri | 3 oy muddatgacha imtiyozli davr berish mumkin. |
Foizlarni hisoblash usuli | Differensial yoki annuitet shaklida |
Tashabbuskorning ulushi | Oldi-sotdi shartnoma summasining 30% dan kam boʻlmagan miqdorda |
Mahsulot valyutasi | Milliy valyutada |
Kredit ajratish shakli | Pul oʻtkazish yoʻli bilan. |

Siz kredit olish uchun bank bo'limida yoki sayt orqali murojaat qilishingiz mumkin. Onlayn arizalar 24/7 qabul qilinadi va tezda ko‘rib chiqiladi.
Onlayn soʻrovnoma shaklini toʻldiring. Bank xodimi siz bilan bogʻlanib, roʻyxatdan oʻtish va kredit ajratish shartlari bilan tanishtiradi.
