Kredit haqida
Bank kafolati mijozlarning majburiyatlarini ta'minlash uchun, jumladan, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, loyiha ishlab chiqish uchun tender savdolarida qatnashish, bojxonaga kelayotgan import tovarlarini rasmiylashtirish va bojxona to'lovlari muddatini kechiktirish yoki uzaytirish, bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash hamda qonunchilikka zid bo'lmagan boshqa maqsadlar uchun taqdim qilinadi. Prinsipialning to'lov majburiyatlarini tasdiqlash maqsadida bank turli mazmundagi kafolatlar (tanlov savdolari/tenderlarda ishtirok etish buyurtmalarini ta'minlash uchun to'lovlar, avans to'lovlarini ta'minlash, shartnomalarni bajarish, zaxira akkreditivi va boshqalar)ni taqdim etadi.
|
Mahsulot summasi |
Loyiha qiymatidan kelib chiqqan holda |
|
Mahsulot muddati |
Loyiha muddatidan kelib chiqqan holda |
|
Foiz stavkasi |
Bank ta’rifiga asosan |
|
Imtiyozli davri |
Mavjud emas. |
|
Tashabbuskorning ulushi |
Loyiha qiymatining 30%dan kam bo‘lmagan miqdorida |
|
Mahsulot valyutasi |
Milliy va xorijiy valyuta |
|
Muddati oʻtgan qarzdorlik boʻyicha |
Muddati o‘tgan bank kafolat summasiga milliy valyutada yillik 28% foiz, xorijiy valyutada 16 % foizdan hisoblanadi. |
|
Foizlarni hisoblash usuli |
365 kalendar kuni hisobida. |
Siz kredit olish uchun bank bo'limida yoki sayt orqali murojaat qilishingiz mumkin. Onlayn arizalar 24/7 qabul qilinadi va tezda ko‘rib chiqiladi.
Onlayn soʻrovnoma shaklini toʻldiring. Bank xodimi siz bilan bogʻlanib, roʻyxatdan oʻtish va kredit ajratish shartlari bilan tanishtiradi.












