Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali amalga oshirilgani baholandi.

Е’lon qilingan reytingga ko‘ra, 95 ta tashkilot ichida “Poytaxt bank” 13-o‘rinda qayd etilib, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi yuqori baholangan.

Ushbu reyting avvalgi yillarga, jumladan, 2022-yilga taqqoslanganda “Poytaxt bank”da o‘sish kuzatilgan. 2022-yil bo‘yicha bank 70 ball ko‘rsatgichni qayd etgan bo‘lsa, 2023-yilda bu 87 ballni tashkil etgan.