Hurmatli mijozlar!

“POYTAXT BANK” AJ Tariflar qo‘mitasining 2026-yil 21-sentabrdagi 2-son qaroriga muvofiq bank xizmatlari tariflari yangi yagona tahrirda tasdiqlandi.

Yangi tariflar 2026-yil 5-oktyabrdan amaliyotga joriy etiladi.

Yangi tariflar bank xizmatlari shartlari va qiymatini yagona tartibga keltirish, mijozlar uchun ularni yanada aniq, tushunarli va shaffof shaklda taqdim etish maqsadida ishlab chiqilgan.

Tariflar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

– yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga milliy valyutada xizmat ko‘rsatish;
– yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga xorijiy valyutada xizmat ko‘rsatish;
– jismoniy shaxslarga bank xizmatlarini ko‘rsatish.

Yangi mijozlar va yangi xizmatlar uchun

2026-yil 5-oktyabrdan boshlab yangi shartnomalar tuzishda hamda yangi bank xizmatlarini rasmiylashtirishda yangi tariflar qo‘llaniladi.

Shu sanadan boshlab ilgari amalda bo‘lgan “Oddiy”, “Qulay”, “Poytaxt”, “Poytaxt yangi tarif”, “Tadbirkor (YATT)”, “Poytaxt VIP”, “Premium”, “Standart”, “Xorijiy valyutada xizmat ko‘rsatish uchun vositachilik haqi” va boshqa avvalgi tariflar yangi shartnomalar hamda yangi xizmatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Amaldagi mijozlar uchun

Amaldagi shartnomalar bo‘yicha mijozlarning huquq va manfaatlari qonunchilik hamda tuzilgan shartnomalar talablariga muvofiq ta’minlanadi.

Xususan:

– amaldagi shartnomada belgilangan foiz stavkasi, komissiya, tarif yoki boshqa to‘lov miqdori faqat qonunchilik va shartnomada nazarda tutilgan tartibda o‘zgartiriladi;

– tegishli o‘zgartirishlar rasmiylashtirilgunga qadar amaldagi shartnoma va avvalgi tarif shartlari qo‘llanilishi davom etadi, qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

– alohida topshiriq yoki buyurtma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlarga yangi tarif qo‘llanilganda, xizmat qiymati mijozga oldindan ma’lum qilinadi;

– yangi tariflar kuchga kirgunga qadar ko‘rsatilgan xizmatlar uchun orqaga qaytish tartibida qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi;

– yangi tariflarga rozilik bildirilmaganligi o‘z-o‘zidan jarima, penya qo‘llash yoki bank xizmatlarini asossiz cheklash uchun asos bo‘lmaydi.

Tariflar bilan tanishish

Batafsil ma’lumot va amaldagi tariflar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

→ Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun tariflar:
https://poytaxtbank.uz/uz/corporate/tariffs/

→ Jismoniy shaxslar uchun tariflar
https://poytaxtbank.uz/uz/private/tariffs/

Qo‘shimcha savollar yuzasidan “POYTAXT BANK” AJning Call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin:

Call-markaz: +998 71 214 20 00
Elektron pochta: info@poytaxtbank.uz

“POYTAXT BANK” AJ