DIQQAT! Soxta PDF-fayllar orqali zararli dasturlar tarqatilmoqda

Internet tarmog‘ida to‘lov topshiriqnomasi ko‘rinishidagi soxta PDF-fayllar orqali zararli dasturlar tarqatish holatlari aniqlanmoqda.

Bunday fayllarda joylashtirilgan havolalar orqali foydalanuvchiga arxiv yoki PDF-hujjat sifatida niqoblangan .pdf.exe formatidagi zararli faylni yuklab olish taklif qilinishi mumkin.

Ushbu fayl ishga tushirilganda qurilmaga masofadan kirish imkonini beruvchi zararli dastur o‘rnatilishi va uchinchi shaxslar tomonidan kompyuterni masofadan boshqarish xavfi yuzaga kelishi mumkin.

POYTAXT BANK tavsiya qiladi:

• noma’lum yoki shubhali yuboruvchilardan kelgan havolalarni bosmang;
• arxiv va .exe fayllarni yuklab olmang va ishga tushirmang;
• fayl nomidagi qo‘sh kengaytmalarga, xususan .pdf.exe ko‘rinishiga alohida e’tibor bering.

Agar shubhali faylni ishga tushirgan bo‘lsangiz, qurilmani darhol internet tarmog‘idan uzing va IT/axborot xavfsizligi mutaxassisiga murojaat qiling.

POYTAXT BANK — axborot xavfsizligiga e’tiborli bo‘ling.

+998 71 214 20 00
poytaxtbank.uz