"Poytaxt Bank" xodimlari uchun bayramona teambuilding bo‘lib o‘tdi

Mustaqillik bayramining 35 yilligi munosabati bilan joriy yilning 22-avgust kuni Bo‘stonliq tumanidagi dam olish maskanida “Poytaxt Bank” AJ xodimlari ishtirokida korporativ teambuilding o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xodimlar o‘rtasida jamoaviy ruhni mustahkamlash, do‘stona muhitni yanada rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda bayramona kayfiyat ulashishdan iborat bo‘ldi.

Teambuilding davomida futbol, voleybol, stol tennisi va suzish bo‘yicha sport musobaqalari, turli tanlovlar, viktorinalar, jamoaviy fotosessiya hamda ko‘ngilochar dasturlar tashkil qilindi. Xodimlar mazkur jarayonlarda faol ishtirok etib, o‘zaro hamjihatlik va birdamlik muhitini yana bir bor namoyon etdilar.

Sport o‘yinlari va ko‘ngilochar dasturlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimlar munosib taqdirlandi. Bundan tashqari, yil davomida O‘zbekiston korporativ mini futbol ligasida bank sharafini himoya qilib kelayotgan jamoa ham alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Mazkur teambuilding xodimlarga bo‘lgan e’tibor, korporativ madaniyatni rivojlantirish va jamoa ichida sog‘lom muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.
"Poytaxt Bank" kelgusida ham xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy va jamoaviy rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratadi.

Poytaxt Bank — kelajakni birga quramiz!