21-aprel kuni VI Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni poytaxt 5,5 mingdan ortiq yugurish sporti havaskorlarini qabul qiladi.
Tadbir dasturiga 42 km klassik marafon masofasi, 21 km yarim marafon masofasi hamda 3 va 10 km masofalari kiritilgan.
Ushbu marafonda “Poytaxt bank” jamoasi ham ishtirok etmoqda. Qatnashish uchun 5-aprelgacha Perfend.com platformasida ro‘yxatdan o‘ting.