"Azia Ekspress" pul oʻtkazmalari tizimi 1996-yilda Rossiya hududida tashkil etilgan birinchi qoʻshma Oʻzbekiston-Rossiya banki – "Aziya-Invest bank" aksiyadorlik tijorat banki (yopiq aksiyadorlik jamiyati) tomonidan ishlab chiqilgan.

Komissiya: Xalqaro pul oʻtkazmalari tizimining tariflari mamlakatga qarab 1,5% dan boshlanadi.

"Azia Ekspress" pul oʻtkazmalari tizimi 2006-yilda Aziya-Invest banki tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, u jismoniy shaxslarning pul oʻtkazmalarini hisobvaraq ochmasdan amalga oshirishni nazarda tutadi.

"Azia Ekspress" pul oʻtkazmalari – bu:

  • Dunyoning 13 dan ortiq yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlariga oʻtkazmalar, 30 mingdan ortiq xizmat koʻrsatish nuqtalari.
  • Oʻtkazmalarning yuqori tezligi – bir necha soniya;
  • Tejamkor komissiya – AQSh dollaridagi pul oʻtkazmasidan 2,00% va Rossiya rublidagi pul oʻtkazmasidan 1,25%.
  • Pul oʻtkazmalari AQSh dollarida amalga oshiriladi. Rossiya hududida va MDHning ayrim mamlakatlariga Rossiya rublida pul oʻtkazmalari mavjud.
  • Oʻtkazmani yuborish varianti.
  • "Azia Ekspress" tizimining nuqtalari orqali oʻtkazmalar.

JOʻNATISH

Oʻtkazmani yuborish varianti
  • "Azia Ekspress" tizimining nuqtalari orqali yuborish
  • Yuborilgan pul oʻtkazmalarini RFdagi Hamkor-Tizimlar (Lider, UNIStream, Kiberplat, Caspian Money Transfer, "Intel Express" va boshqalar)ning nuqtalari orqali olish mumkin
  • Terminal tarmoqlari orqali oʻtkazmalar

"Azia Ekspress" orqali pul oʻtkazmasini yuborish uchun JOʻNATUVCHI quyidagilarni bajarishi kerak:

  • Operatorga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, haydovchilik guvohnomasi, ichki ishlar idoralari tomonidan berilgan hujjatlar va boshqalar)ni taqdim etish;
  • Operatorga oʻtkazma yuboriladigan mamlakat nomini aytish. Oʻtkazmani "Azia Ekspress" tizimining istalgan nuqtasida olish mumkin;
  • Oʻtkazmani QABUL QILUVCHINING toʻliq ismini aytish;
  • "Azia Ekspress" tizimi tariflariga muvofiq oʻtkazma miqdori va komissiya miqdorini kiritish;
  • "Azia Ekspress" tizimi operatori tomonidan rasmiylashtirilgan pul oʻtkazmasini yuborish uchun arizaga imzo chekish;
  • Operatordan oʻtkazmaning nazorat raqami (OʻNR) koʻrsatilgan ariza blankini olish;
  • QABUL QILUVCHIGA o'tkazmaning nazorat raqami (OʻNR), pul oʻtkazmasi miqdorini ma’lum qilish. Agar kerak boʻlsa, u oʻtkazmani olishi mumkin boʻlgan, unga eng yaqin joylashgan "Azia Ekspress" tizimining manzili.

Oʻtkazmani qaytarish

Topshirilmagan pul oʻtkazmasi JOʻNATUVCHIGA uning xohishiga binoan yoki pul oʻtkazmasi uni QABUL QILUVCHI tomonidan talab qilinmagan taqdirda qaytarilishi mumkin.

Buning uchun JOʻNATUVCHI quyidagilarni bajarishi kerak:

  • Oʻtkazmani yuborgan "Azia Ekspress" nuqtasiga murojaat qilish;
  • Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etish;
  • Oʻtkazmaning nazorat raqami (kodi)ni ma’lum qilish.
Diqqat: Pul mablagʻlari JO'NATUVCHIGA ilgari toʻlangan komissiya uchlab qolingan holda qaytariladi (oʻtkazmani amalga oshirish uchun komissiya qaytarilmaydi).

Pul joʻnatish yoki qabul qilish mumkin boʻlgan banklar

Olish

"Azia Ekspress" pul oʻtkazmasini Tizimning Ishtirokchi-bankida olish uchun QABUL QILUVCHI quyidagilarni bajarishi kerak:

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ichki ishlar idoralari tomonidan berilgan hujjat va h.k.)ni operatorga taqdim etish;
  • Operatorga quyidagilarni ma'lum qilish: oʻtkazmaning nazorat raqami (OʻNR), oʻtkazma miqdori, joʻnatuvchining toʻliq ismi;
  • Tizim operatori tomonidan rasmiylashtirilgan, pul oʻtkazmasini olish uchun arizaga imzo chekish.

Oʻtkazma boʻyicha cheklovlar.

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari chet elga kuniga 5 000 AQSh dollaridan ortiq boʻlmagan miqdorda pul oʻtkazish huquqiga ega. Yiliga 100 000 000 soʻmdan ortiq pul oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar rezidentning yashash joyidagi soliq organlariga beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari chet eldan naqd xorijiy valyutaning olib kirilishini tasdiqlovchi, bojxona organi tomonidan rasmiylashtirilgan hujjat va hisobvaraqdan ilgari valyuta mablagʻlari berilganligini tasdiqlovchi vakolatli bankning tegishli ma’lumotnomasi taqdim etilganda har qanday summani chet elga oʻtkazish huquqiga ega.

Oʻtkazmani qaytarish yoki talab qilib olinmagan oʻtkazmani olish:

Quyidagi hollarda JOʻNATUVCHI oʻtkazmani qaytarib olishi mumkin:

  • Agar pulni "Azia Ekspress" Tizimi orqali yuborgan boʻlsa
  • Oʻtkazma talab qilib olinmagan yoki joʻnatuvchi fikridan qaytgan boʻlsa

JOʻNATUVCHI bu haqda oʻtkazma amalga oshirilgan nuqtaga murojaat qilishi kerak. Pul oʻtkazmasini amalga oshirish uchun komissiya qaytarilmaydi.

Tariflar

Tizim boʻyicha AQSh dollari va YEVROdagi pul oʻtkazmalari tariflari:

Oʻtkazma miqdoridan:

  • "Azia Ekspress" Tizimi boʻyicha ichki oʻtkazmalar – 1,5%, kamida 1 AQSh doll. / YEVRO
  • "Azia Ekspress" va «MOPS» Tizimlari oʻrtasida – 1,5%, kamida 1 AQSh doll. / YEVRO
  • "Azia Ekspress" Tizimlari oʻrtasida – 1.5%

Oʻtkazma tezligi: bir necha soniya.