Western Union tarmog'i butun dunyo bo'ylab 200 dan ortiq mamlakat va hududlarni qamrab oladi va 500 000 dan ortiq agentlik punktlariga ega bo'lib, o`z xizmatlarini dunyoning eng chekka burchaklarida ham taqdim etadi.

Western Union orqali pul o'tkazmalarini yuborish yoki qabul qilish uchun sizga quyidagi hujjatlar va ma'lumotlar kerak bo'ladi:

  1. O`tkazmani jo`natish uchun:
    • Pasport yoki ID karta
    • Qabul qiluvchining to'liq ismi.
    • Jo`natma yuboriladigan mamlakat va shahar.
    • Jo`natma summasi.
    • Ba'zan qabul qiluvchining manzili va telefon raqami kabi qo'shimcha ma'lumotlarni taqdim etish talab qilinishi mumkin.
  1. O`tkazmani qabul qilish uchun:
    • Pasport yoki ID karta
    • Jo`natuvchidan oladigan pul o'tkazmasini tekshirish raqami (MTCN).
    • Jo`natuvchining to'liq ismi va kutilayotgan pul o'tkazmasi.
    • Jo`natuvchi mamlakati.

Qabul qilish muddati: kamida 2 daqiqa, ko`pi bilan 15 daqiqa

Tariflar