Kredit haqida
Kreditlar oʻsish va rivojlanishga intilayotgan biznes uchun kuchli vosita hisoblanadi. Bankning moliyaviy yordami mavhumlik sharoitida ham likvidliligini saqlashda biznesga yordam beradi. Bu kompaniyalarga bank timsolidagi ishonchli sherigi borligini his etgan holda asosiy vakolatlari va strategik rivojlanishiga e’tibor qaratish imkonini beradi.
Bundan tashqari, kredit resurslaridan oqilona foydalanish kompaniyaning raqobatbardosh mavqeini yaxshilashga yordam beradi, zero bu bozorda muvaffaqiyat qozonish uchun muhimdir.
Kredit maqsadi: Kredit asosiy vositalarni sotib olish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun ajratiladi. Kredit olish jarayoni – kompaniya hisobvaragʻiga pul oʻtkazish orqali (loyiha qiymatiga qarab).
| Mahsulot valyutasi | Milliy va xorijiy valyutada |
| Kredit summasi | Loyiha qiymatidan kelib chiqqan holda |
| Kredit muddati | 60 oygacha |
| Foiz stavkasi | Milliy valyutada yillik 25% dan, xorijiy valyutada 12%dan kam bo‘lmagan stavkada |
| Kreditni soʻndirish turi | Differensial va annuitet |
| Imtiyozli davri | 12 oygacha |
Hujjatlar
Format: doc
Siz kredit olish uchun bank bo'limida yoki sayt orqali murojaat qilishingiz mumkin. Onlayn arizalar 24/7 qabul qilinadi va tezda ko‘rib chiqiladi.
Onlayn soʻrovnoma shaklini toʻldiring. Bank xodimi siz bilan bogʻlanib, roʻyxatdan oʻtish va kredit ajratish shartlari bilan tanishtiradi.












