«Poytaxt bank» va q.watt poytaxtimizda yangi ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladi. Ushbu loyiha davlat dasturi asosida kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, ekologik toza transportni rivojlantirish va infratuzilmani yaxshilashni maqsad qilgan.

Loyiha doirasida Toshkent shahriga maxsus elektrovelosipedlar olib kelinadi, ularning bir qismi aholiga, bir qismi esa yirik yetkazib berish xizmatlariga beriladi. Bu loyiha yetkazib berish xizmatlarini yaxshilaydi va oʻzini oʻzi band qilganlar uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Mazkur loyiha moliyaviy va texnologik sektorlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning jamiyatga haqiqiy foyda keltirishi va yashil iqtisodiyotning rivojlanishining yorqin misolidir.