Bank o`tkazmalari — bu turli banklarning hisobvaraqlari o'rtasida pul o'tkazishning an'anaviy usulidir. SWIFT (Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunication) banklar o'rtasida xalqaro to'lovlar va pul o'tkazmalarini amalga oshirish uchun asosiy platforma hisoblanadi. SWIFT tizimi xalqaro operatsiyalarning uzluksiz va samarali bajarilishini ta'minlash orqali global moliyaviy infratuzilmada muhim rol o'ynaydi.
Bizning SWIFT kodimiz (BIK) - JOCPUZ22
Jo`natish shartlari:
SWIFT orqali har qanday to'lov summasini atigi 100 000 so'm + QQS evaziga o'tkazish mumkin. Shuningdek, 10 dan 40 dollargacha bo'lgan korrespondent banklar komissiyasi mavjud. Mablag'larni qabul qilish muddati maksimal bir ish kuni.
Swift tizimi orqali pul o`tkazmalari quyidagi maqsadlar uchun mos keladi:
- chet elda o'qish uchun shartnoma yoki invoys asosida to'lov qilish;
- xorijiy kompaniyalar xizmatlari uchun to'lov;
- mehmonxona bron qilish uchun xorijiy sayyohlik agentliklari yoki firmalarga pul o'tkazish;
- boshqa mamlakatda davolanish, shartnoma asosida yoki invoys bo'yicha xaridlarni to'lash
- boshqa shaxsga pul o'tkazish
Jismoniy shaxsga pul yuborish shartlari:
- Joriy hisobraqam, qabul qiluvchining ma'lumotlari va qabul qiluvchi bankining swift kodi
- Yuboruvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat
- Jismoniy shaxslarga bank o'tkazmasi summasi pul manbai uchun asos va hujjatlarsiz oyiga 100 000 000 so'mgacha ekvivalentda;
- Jismoniy shaxsga oyiga 100 000 000 so 'mdan ortiq bank o'tkazmasi -faqat pul mablag'lari manbasini hujjatli asoslash bilan amalga oshiriladi;
Bank o'tkazmasini olish shartlari:
- Bankda valyuta hisob raqamini ochish
- Jo'natuvchiga bank ma'lumotlari va shaxsiy ma'lumotlarini taqdim etish
Bank sizning hisobingizga pul yuborilganidan keyin 24 soat ichida sizni jo`natma to`g`risida xabardor qiladi.
Bank o'tkazmasini olganingizda, siz pul o'tkazmasini naqd pulda olishingiz, valyuta omonatini rasmiylashtirishingiz, naqd pulni konvertatsiya qilishingiz va so`mda omonat ochishingiz yoki pulingizni plastik kartangizga o'tkazishingiz mumkin.
Bank o'tkazmasini olish uchun tariflar: Naqd pul bilan berilganda – umumiy summaning 1%.